Rivaldo Neymarning Real Madridga o'tishini sotqinlik deb hisoblamaydi

"Barcelona"ning sobiq futbolchisi Rivaldo PSG hujumchisi Neymarning "Real"ga o'tishi mumkinligi borasidagi mish-mishlarga izohini berdi.

"Agarda Neymar "Real"ga o'tadigan bo'lsa, uni sotqin deb atamayman. U "Barcelona"dan keyin "Real"ga o'tmadi axir. Umuman olganda PSG uni "Barcelona"ga sotmaydi. Agarda "Real" yaxshi taklif bilan chiqadigan bo'lsa, Neymar aynan Madridga ko'chib o'tadi. Parijliklarga esa faqatgina pul kerak", - dedi Rivaldo.

Oldinroq "Barcelona" va "Real" Neymar borasida PSGga taklif yuborgani borasida malumotlar berilgandi.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak