Pique Athleticning golidan so'ng Dembelega baqirdi

"Barcelona" ning mavsumdagi ochilish o'yini ko'pchilik kutganidan ham yomon bo'ldi. Hujumdagi sust o'yinlardan tashqari, himoya ham yaxshi emas edi. Garchi Marc Andre ter Stegen bir necha bor jamoamizni qutqargan bo'lsada, ammo darvozabon o'yin oxirida Aritz Adurizning ajoyib zarbasiga qarshi hech narsa qila olmadi.

Odatda bunday gollar urilganda kimnidir ayblash qiyin. Ammo, kecha "Barca" sardori Gerard Pique goldagi asosiy aybdorni topdi - bu Ousmane Dembele. BU vaziyatni ko'rib chiqaylik:

Dembele himoyachilarga yordam berish uchun orqaga qaytdi:

Capa to'pni qabul qilib olib, Ousmanneni ortda qoldirdi:

Fransuz kross uzatmani to'sishga harakat qildi:

Diario Sport yozishicha, "Athletic Bilbao"ning goliga himoyachi fransuzni aybladi. Aytilishicha, 32 yoshli futbolchi Ousmanega qarab Ander Capaning uzatmasini o'tishiga xalaqit berish uchun ko'proq ish qilishi mumkin edi.

Manbaning ta'kidlashicha, Pique Dembeleni Basklar golni nishonlayotgan paytda koyib bergan, 22 yoshli futbolchi esa bu vaziyatda indamay qolgan.

Dembele hujumda ham yaxshi taassurot qoldirmadi. Vinger jamoadoshlariga imkoniyat yaratib bera olmadi yoki gol ura olmadi. WhoScored fransuzga atigi 6.2 ball berdi, undan faqatgina Carles Alena pastroq natijaga ega bo'ldi.

Siz nima deb o'ylaysiz? Ushbu gol vujudga kelishida kimning aybi ko'proq?

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2019-08-18 11:10:53
Qotoq bormi Alenyaga o'ynolmasa, Rakitic bn Vidalni tushirmaydimi. Xullas men bolganimdaham yutardim bunday tarkib bn Atletikni. Shunca pul.
2019-08-18 11:08:53
Hammasiga gandon Valverde aybdor. Agar u norm tayyorlaganida bu vaziyatni ozi sodir bolmasdi. Maydondagi ewwaklar Valverdega baqirmaydimi sherigiga baqirganca. O'yin 0.
2019-08-17 23:35:29
Semedu aybdor. Qarawi kerak edi. Qaranglar u kimi qoriqlayapti
#2 mabrur
2019-08-17 23:22:53
Himoyachilaram yopsa bo'lardi Adurizni zarba bergizmasdan
#1 mabrur
2019-08-17 23:21:42
Butun tarkib aybdor, albatta ter Stegendan tashqari. U bomaganda hozir sharmanda bogan bo'lardi Barca. Juda bo'sh o'ynadi klub. Dembeleyam huddi qolgan o'yinchilardek unchalik faol bo'lmadi