Bugungi mashg'ulotlarda Messining o'rnini 16 yoshli bolakay egalladi

CatRadio Leo Messi yakshanba kuni "Barca"ning birinchi uy o'yinida ishtirok etishi haqida xabar qilganiga qaramay, argentinalik hali ham yakka tartibdagi mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Seshanba kuni yakka tartibdagi mashg'ulotlarni olib borgan Nelson Semedo esa umum jamoa mashg'ulotlariga qo'shildi.

Qizig'i shundaki, ushbu yozda "Barcelona B" jamoasiga ko'tarilgan va shartnomasini uzaytirgan "La Masia"ning iqtidorli yulduzi Ansu Fati, jamoaning mashg'ulotlarida Messining o'rnini egalladi. Bu 16 yoshli futbolchining birinchi jamoadagi debyuti va "Barca" dagi jarohatlar inqirozi va Ansuning iste'dodini hisobga olgan holda hujumchi "Betis" ga qarshi zaxirada o'tirishi mumkin.

Ansu dan tashqari "Barca B"ning yana uchta futbolchisi ertalabki mashg'ulotga Valverde tomonidan chaqirildi: Inaki Pena, Carles Perez va Abel Ruiz.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak