Cristiano Ronaldo: "Messining faoliyatiga qoil qolaman"

Картинки по запросу messi and ronaldo

Juventus hujumchisi Cristiano Ronaldo Barcelona forvardi Lionel Messi haqida iliq so'zlar bilan o'rtoqlashdi.

"Men chinakamiga uning faoliyatiga qoyil qolaman. Messi Ispaniyani tark etganimda muammolarga duch kelganini aytdi, chunki bizning oramizda ajoyib raqobat bor edi, biroq bunaqasi faqatgina futbolda sodir bo'lmaydi. Mayk Jordanning ham basketbolda raqobatchilari bor edi, Ayrton Senna va Alen Prost ham Formula-1 da o'zaro raqib bo'lishgan... Barcha sport qarama-qarshiliklari sog'lom ekanligi bilan bir biriga o'xshash. Messi meni kuchli bo'lishga chorlashiga shubham yo'q, shuningdek buning aksiga ham. Men sovrin yutsam, bu uni oldinga intilishiga turtki bo'lishi kerak. Huddi shunaqasi menda ham bo'ladi.

Leo va mening o'rtamizda professional munosabatlar mavjud, chunki 15 yil mobaynida o'xshash vaziyatlarni boshdan kechirib keldik. Biz u bilan birga tushlik qilmaganmiz, biroq nima uchun bu sodir bo'lmasligi kerak? Bu borada menda muammo tug'ilmasa kerak deb hisoblayman", - deb keltiradi Ronaldoning so'zlarini RMC Sport.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak