Barca, Real va Atletico tranlyatsiyadan qancha topishadi? Ispaniya chempionati translyatsiyasi haqida bilishingiz kerak bo'lgan ma'lumotlar.

Angliya Premier-ligasi UEFA milliy assotsiatsiyalari orasidagi reytingda pastroq bo'lishiga qaramay, teletranslyatsiyalardan eng ko'p daromad oladigan liga hisoblanadi. O'tgan yili imzolangan shartnomaga ko'ra, liga translyatsiyalaridan tahminan 4,5 milliard funt sterling ishlab oladi.

Agar siz klublarning bu boradagi daromadlariga nazar tashlasangiz, unda faqatgina "Barcelona" va "Real" Angliya futbolining gigantlari "Liverpool" (daromad 173 million), "Manchester City" (170), "Chelsea" (165), "Tottenham" (164), "Manchester United" (161) va "Arsenal" (161) kabi klublarga raqobatlashishlari mumkin. 

Qizig'i shundaki, "Everton" (146), "Wolverhampton" (143), "Leicester" (139), "West Ham" (138), "Newcastle" (135) va hattoki "Cardiff" (116), "Fullham" (115) kabi klublar ha "Atletico" dan ko'proq daromad olishmoqda.

Yana diqqatga sazovor fakt: hatto kamtar "Crystal Palas" (129) ham Cristian Benteke kabi futbolchi uchun osonlik bilan 30 million yevrodan ko'proq pul to'la oladi, ammo Yevropa Ligasi rekordchisi bo'lgan "Sevilla"ga bunday deyishimiz qiyin, chunki klub o'zining transfer rekordini endigina yangiladi - ular Jyul Kunde uchun 25 million yevro to'lab berishdi.

Premier-liga va La Liga o'rtasidagi tafovut yanada kengayishi mumkin, chunki yulduz futbolchilar tumanli albion atmosferasini va katta miqdordagi pullarnii afzal ko'rishadi. Shuningdek, Ispaniya allaqachon Cristiano Ronaldo kabi yulduzini yo'qotdi va tez orada Lionel Messidan ham mahrum bo'ladi.

Oldin qanday edi.

2015-yilgacha Ispaniya chempionatida televizion huquqlaridan tushgan daromadning teng taqsimlanmasligi hukmronlik qildi, bu "Real" va "Barcelona" byudjetning katta qismini egallashi va qolgan o'n sakkizta klub esa "qolgan-qutgan"larni to'plab olishi bilan izohlanadi.

Holatni raqamlar jihatidan o'rgansak vaziyat shunday edi: butun boshli primeroga 855 million yevro berildi, ammo umumiy miqdorning deyarli yarmi ikkita klubning hisob raqamiga yuborildi, qolganlarga esa juda kichik summa nasib qildi.

Bir necha yillar oldin "Manchester City" va "Liverpool"dan o'zib ketib Angliya chempioni bo'lgan "Leicester" mo'jizasini tasavvur qilishning iloji yo'q edi. Ispaniyada esa hech kim dastlabki uchta o'ringa qarab o'tirmaydi.

Zamonaviy futbol olami shunday tuzilganki, katta daromad olmasdan omon qolish va biron-bir jiddiy loyihani amalga oshirish mumkin emas. Buni La Liganing amaldagi prezidenti Javier Tebas ham tushunib yetgan, u futbol vatanining yo'lidan borishga va rivojlanishning yangi yo'nalishini belgilab olishga qaror qildi.

Endi qanday bo'ldi.

2015-yilda La Liga tarixida keskin burilish bo'ldi, "Futbolda televizion huquqlarni markaziy taqsimlash to'g'risida" Ispaniya sobiq sport vaziri Migel Kardenal tomonidan qirollik farmoni  imzolandi. Albatta, yuqorida tilga olingan hamkasbi Tebas bilan yaqin aloqada bo'lgan holda.

Shunday qilib, Qirollik farmoniga binoan, Segunda va Primero translyatsiyasidan tushadigan foyda 1,1 milliard yevroni tashkil etdi, bu ko'rsatkich oldin 885 million yevro bo'lgan edi.

Bundan tashqari, qonunchilik hujjatining yutug'laridan biri - bu "Real" va "Barcelona" o'z daromadlarini Ispaniya chempionatining boshqa ishtirokchilari bilan bo'lishishidir. Albatta, ular hanuzgacha byudjetning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishmoqda, ammo umumiy ahvol o'zgargan.

Progressiv rahbar - Tebas, ushbu raqamlar geometrik progressiya kabi ko'payishiga ishonadi. La Liga prezidenti kelgusi mavsumlarda klublarning televizion ko'rsatuvlar bo'yicha daromadi yana 400 million yevroga - 1,5 milliard yevrogacha o'sishiga ishonadi.

"Televizion huquqlarni markazlashtirilgan ravishda tarqatish bo'yicha ishimiz tufayli biz ispan futbolining o'sib borayotgan ahamiyatini ta'kidlab, uni yangi bosqichga olib chiqdik. Dunyoning eng yaxshi ligasi allaqachon ko'ngilochar sohada bozor peshqadami hisoblanadi», - dedi Tabas.

Albatta, Ispaniyadagi Yevrokuboklar uchun da'vogar o'rtameyona klublar daromad bo'yicha Angliyaning o'rtameyona klublariga yetib olishiga ancha bor, ammo umumiy tendensiya jiddiy natijalarni bermoqda. Asosiysi, vaqt o'tishi bilan La Ligani zamonaviy futbol industriyasining eng kuchli mavzusiga aylantiradigan aniq bir vektor mavjud.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak