Luis Suarez: "Neymarning o'zi qaror qabul qilishi kerak"

"Barca" hujumchisi Urugvayning Sport 890 radiosiga bergan intervyusida Neymar, "Barcelona" va Urugay terma jamoasi haqida gapirdi.

 

"Bilaman, bu Neymar uchun eng qiyin vaqt. U o'z yaqinlari bilan yolg'iz qolib, nimani xohlayotganini hal qilib olishi kerak." deya aytib o'tdi Suarez.

Shuningdek Suarez kelajagi haqida gapirar ekan, qachondir "Barcelona"ni tark etishiga ham aniqlik kiritdi:

"Men hech qachon "Barcelona"dan ketish haqida o'ylamaganman, men klubga yordam berish uchun shu yerdaman! Men dunyoning eng yaxshi klubi uchun to'p surmoqdaman"

U Urugvay terma jamoasida o'ynashni davom ettirish xohishi haqida ham bildirib o'tdi:

"Men Urugvay terma jamoasi bilan Amerika kubogini qo'lga kiritdim va boshqa hech narsa so'ramayman. Men yana milliy komanda uchun o'ynashda davom etaman. Shu qatorda men jamoaga yosh, talantli va jangovar irodali yoshlar olinishda davom etayotganidan hursandman" 

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak