Pike faoliyatida qaysi murabbiy uni hayratga solganini aytdi

«Barselona» himoyachisi Jerar Pike «Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyusonga bo‘lgan munosabati haqida gapirdi.

«U menga ikkinchi otadek edi.

17 yoshda Manchesterga ko‘chib o‘tish mening faoliyatimdagi eng qiyin tanlov edi, oilam va do‘stlarimni tashlab ketishga majbur bo‘ldim. Fergyuson menga ko‘p yordam berdi.

Uning har qanday vaziyatlarni hal qilishi meni ilhomlantirgan. Ayniqsa, qiyin paytlarda yetakchilik ko‘rsatishi meni hayratga solgan.

Bu shunchaki fantastika. Men undan har kuni nimadir o‘rganardim», – deb Pikening so‘zlarini keltiradi jurnalist Janluka Di Marsio.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak