Messining maydonga qaytishi kechikmoqda

«Barselona» sardori Lionel Messi jarohatidan tuzalish jarayonini davom ettirmoqda.

Argentinalik futbolchi hafta oxirida Ispaniya chempionati doirasida «Valensiya»ga qarshi kechadigan o‘yinda ham jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin. Messi ayni vaqtga kelib umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarga qo‘shilgan bo‘lsada, jarohat tufayli o‘zini noqulay his qilmoqda.

Lekin u Chempionlar ligasi doirasida Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi kechadigan 1-tur uchrashuvi uchun Germaniyaga borishi kutilmoqda.

U Dortmundda ham maydonga tusha olmasa, bir hafta o‘tib «Barsa»ning chempionat doirasida «Granada»ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi aniq.

Argentinalik futbolchi yozda boldir muskullaridan olgan jarohati tufayli Ispaniya chempionatining yangi mavsumida bitta ham o‘yinda maydonga tushmadi. Kataloniyaliklarning yana ikki hujumchisi Luis Suares va Usmon Dembele ham jarohat tufayli safdan chiqqan.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak