O‘rtoqlik uchrashuvlari. Argentina Messisiz yirik g‘alabaga erishdi, Braziliya Neymar bilan yutqazdi

Braziliya terma jamoasi Peruga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi. O‘yinning ikkinchi bo‘limida Neymar maydonga tushdi, ammo jamoasiga natija keltira olmadi. 

Braziliyaliklar uchun bu 2018 yilgi jahon chempionatidan beri ilk mag‘lubiyatdir. Braziliya so‘nggi marta Braziliyadagi mundial 1/4 finalida Belgiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Shundan keyin 14 oy ichida jami 17 o‘yin o‘tkazib, ularning birortasida mag‘lub bo‘lmagandi. Bu vaqt ichida brazillar Amerika Kubogida g‘olib bo‘lishgandi. Bu turnir mobaynida Braziliya Peruni ikki marta, guruh bosqichida 5:0 va finalda 3:1 hisoblarida mag‘lub etgandi.

Argentina esa asosiy yetakchisi Lionel Messi ishtirok etmagan Meksikaga qarshi o‘yinda 4:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi, o‘yindagi gollarning to‘rttasi ham birinchi bo‘limda urildi, ularning uchtasiga «Inter» hujumchisi Lautaro Martines mualliflik qildi, yana bir golni «PSJ» a’zosi Leandro Paredes penaltidan raqib darvozasiga kiritdi.

AQSH Urugvayni qabul qilib 1:1 hisobida durang o‘ynadi, Ukraina Nigeriyani yenga olmadi - 2:2.

O‘rtoqlik uchrashuvlari
Argentina – Meksika 4:0 (4:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 17 Martines, 2:0 – 22 Martines, 3:0 – 33, Paredes (penalti), 4:0 – 39 Martines.
Argentina – Andrada, Roxo, Montiyel, Talyafiko, Martines (Balerdi, 83), de Paul (Gaych, 87), Palasios (Dominges, 54), Paredes, Mak Allister (Pereyra, 65), Akunya (Lansini, 77), Martines (Dibala, 46).
Meksika – Ochoa, Arauxo, Layyun, Salsedo, Alvares, Errera (Rodriges, 63), Galyardo, Korona (Fabian, 63), Dos Santos, Losano, Ximenes.
Ogohlantirishlar: Alvares (10), Errera (37), Roxo (45), Akunya (63), de Paul (70), Losano (71), Paredes (78), Salsedo (90).

Braziliya – Peru 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 85 Abram.
Braziliya – Ederson, Aleks Sandro, Markinos, Fagner, Militao, Kazemiro (Fabino, 64), Koutino (Bruno Enrike, 84), Neres (Lukas Paketa, 64), Allan, Risharlison (Vinisius Junior, 74), Firmino (Neymar, 63).
Peru – Galese, Sambrano (Santamariya, 69), Abram, Trauko, Advinkula, Akino (Gonsales, 69), Yotun (Balon, 90), Flores (Karrilo, 72), Tapiya, Kosta (Kueva, 72), Ruidias (Reyna, 46).
Ogohlantirishlar: Akino (45), Aleks Sandro (52).

AQSH – Urugvay 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 50 Rodriges, 1:1 – 79 Morris.
AQSH – Gyuzan, Long (Robinson, 65), Rim, Kennon (Lima, 75), Dest (Lovits, 70), Yull, Letxet, Roldan, Boyd (Berd, 65), Morris (Pomikal, 85), Sardjent (Zardes, 75).
Urugvay – Muslera, Ximenes, Kaseres, Koates, Vinya, Bentankur (Nandes, 83), de Arraskaeta, Valverde, Vesino, Rodriges (Maksi Gomes, 87), Rodriges (Losano, 62).

Kolumbiya – Venesuela 0:0 (0:0, 0:0)
Kolumbiya – Montero, Murilo, Orexuela, Borxa, Sanches (Lukumi, 56), Lerma, Moreno (Uribe, 75), Kuadrado (Kampusano, 57), Dias (Martines, 72), Berrio (Muriel, 71), Borre (Sapata, 71).
Venesuela – Farines, Vilyanueva, Felcher (Ernandes, 46), Anxel, del Pino Mago (Anor, 57), Errera, Anor (Machis, 46), Soteldo (Otero, 77), Moreno (Mansano, 85), Murilo (Savarino, 73), Urtado.
Ogohlantirishlar: Anxel (12), del Pino Mago (21), Soteldo (43), Lerma (54), Moreno (69), Muriel (90).

Ekvador – Boliviya 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 49 Estrada, 2:0 – 72, penalti Sornosa, 3:0 – 86 Plata.
Ekvador – Padilya, Torres (Poroso, 85), Arreaga, Pineyda, Espinosa, Gaybor, Mendes (Sifuentes, 90), Kastilo (Plata, 70), Sornosa (Xulio, 79), Ibarra (Alvarado, 85), Estrada (Kampana, 79).
Boliviya – Vaka, Ribera, Djuzino, Bexarano, Xustiniano, Kastro (Karrasko, 87), Chumasero (Arano, 70), Sausedo (Vaka, 75), Kampos (Kardoso, 62), Ramalo (Sausedo, 80), Arse (Kastelon, 80).
Ogohlantirishlar: Chumasero (18), Torres (40), Kampos (53), Mendes (62).

Honduras – Chili 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 19 Parot, 1:1 – 73 Elis, 2:1 – 80 Toro.
Honduras – Lopes, Figeroa, Alvarado, Krisanto, Maldonado, Garrido (Pineda, 46), Akosta (Lopes, 46), Elis (Pereyra, 89), Benguche (Toro, 46), Chirinos (Rivas Vindel, 46), Velaskes (Solani, 71).
Chili – Bravo, Dias, Vegas, Opaso (Bisama, 75), Parot, Pinares (Bravo, 80), Arangis, Baesa, Vargas (Valdes, 80), Rubio, Meneses (Xeraldino, 64).
Ogohlantirishlar: Akosta (16), Garrido (36), Toro (81), Dias (90), Alvarado (90), Parot (90).

Ukraina – Nigeriya 2:2 (0:2, 2:0)
Gollar: 0:1 – 4 Aribo, 0:2 – 34, penalti Osimxen, 1:2 – 78 Zinchenko, 2:2 – 79 Yaremchuk.
Ukraina – Lunin, Matviyenko, Sobol, Burda, Zinchenko, Karavayev, Malinovskiy (Shepelev, 73), Kovalenko (Buyalskiy, 67), Sigankov (Konoplyanka, 73), Yarmolenko (Marlos, 58), Morayes (Yaremchuk, 37).
Nigeriya – Uzoxo, Kollinz, Ayna, Trost-Ekong (Avazem, 87), Adjayi, Chukvueze (Bonaventure, 82), Etebo, Ivobi (Esiti, 70), Aribo, Kalu (Saymon, 73), Osimxen (Madja, 90).
Ogohlantirish: Osimxen (84).

Irlandiya – Bolgariya 3:1 (0:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 56 Braun, 1:1 – 67, penalti Popov, 2:1 – 83 Long, 3:1 – 86 Kollinz.
Irlandiya – Trevers (O’Xara, 76), Kristi, Igan, Long, Djadj (Birn, 59), Xurixeyn (Makkleyn, 69), Braun, Kallen, O`Doda (Stivens, 76), Xogan (Kollinz, 60), Kertis (Xendrik, 84).
Bolgariya – Ivanov, Malinov (Terziyev, 81), Dimitrov (Panayotov, 80), Nedyalkov (Bojikov, 59), Slavchev, Pashov, Milanov (Popov, 46), Dimitrov (Vanderson, 59), Krayev, Mladenov (Despodov, 68), Goranov.
Ogohlantirish: Kollinz (84).

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak