"Barcelona" futbolchisi 2 yil, 8 oyga qamoq jazosiga hukm qilindi

Arda Turan 2 yil, 8 oyga qamoq jazosiga hukm qilindi.

Xavbek Istanbuldagi barlardan birida turkiyalik qo'shiqchi Berkay SHaxinga qasddan jarohat etkazganlikda, jamoat xavfsizligiga xavf solganlikda va ruxsatsiz qurolga ega bo'lganlikda ayblanmoqda.

Bu voqea 2018 yil oktyabrda sodir bo'lgan. Futbolchi shundan so'ng uzr so'ragan, ammo unga qarshi jinoiy ish ochilgan edi.

"Barselona" futbolchisi 2018 yildan buyon "Istanbul Bashakshexir"da ijarada o'ynayotgan edi.

Eslatib o'tamiz, Arda Turan "Barselona"ga 2015 yilda Madridning "Atletiko" klubidan o'tgan edi.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak