ESPN | Messi «Xetafe»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

“Barselona” sardori Lionel Messi Ispaniya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan “Xetafe”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

32 yoshli hujumchi “Vilyarreal”ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida jarohat olgan edi.

“Qizil-anorranglilar” bosh murabbiyi Ernesto Valverdening ma’lum qilishicha, Messi son mushaklarida og‘riq sezgan. Shuning uchun uni almashtirishga majbur bo‘lgan.

ESPN nashrining bergan ma’luotlariga ko‘ra, futbolchi jarohati tufayli “Xetafe”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Chorshanba kuni Messi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, “Xetafe” – “Barselona” o‘yini 28 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2019-09-26 23:54:12
Fati o'zini ko'rsatadigan vaqti keldi