Leo Messining "The Best" mukofotini topshirish marosimidan so'ng bergan intervyusi

O'tgan dushanba Milan shahrining "La scala" teatrida "the Best" sovrini topshirish marosimi bo'lib o'tdi va "Barcelona" yulduzi Lionel Messi 6-bor "eng yaxshi" nomiga ega bo'ldi. Argentinalik ushbu marosimdan so'ng o'z intervyusini berdi.Quyida ushbu intervyudan parchalar taqdim etamiz

Jurnalist: Siz ko'plab sovrinlar yutdingiz,lekin ushbu "the Best" siz uchun birinchisi,o'zingizni qanday his qilyapsiz?

Messi: Ushbu sovrinni yutganimdan hursandman. Men doim aytganman, shaxsiy sovrinlar men uchun ikkinchi darajali, asosiysi jamoaviy sovrinlar. Bu alohida kecha, chunki meni ayolim va uchta farzandimdan ikkitasi men bilan ilk marotaba marosimga kelishdi. Bu lahzalarni ular bilan baham ko'rish juda yoqimli.

Jurnalist: Bu sovrindan tashqari,o'tgan mavsumdan fikrlaringiz qanday?

Messi: Bu juda g'alati. Biz ajoyib mavsum o'tkazdik, yakunda birgina o'yin barchasini o'zgaritirib yubordi (Liverpul 4:0 Barcelona). Bu juda katta sharmandalik ediki, biz "La liga" va "Copa del Rey"ga yetarlicha e'tibor bera olmadik. Biz uchun bu katta zarba bo'ldi. Bu zarba ideal mavsumni barbod qildi. Biz Chempionlar Ligasi finaliga yaqin edik, ammo jamoa bunga bardosh bera olmadi.

Jurnalist: Yaqinda bo'lib o'tgan FIFA marosimida siz Ronaldu bilan iliq munosabatda bo'ldingiz. Aytingchi,nega odamlar bundan hayron qolishadi?

Messi: Juda katta raqobat, birimiz "Real", boshqamiz "Barcelona"da o'yaganimiz sababli deb o'ylayman. Odamlar bizni sportdan tashqarida ham raqobatchi deb o'ylaydi ammo bu yolg'on. Biz ikkimiz ham o'z jamoamiz uchun eng yaxshilarini xohlaymiz, yutqazish hech birimizga yoqmaydi.

Jurnalist: Mavsum boshidan ko'plab yangi nomlarni ko'rdik, ulardan biri Ansu Fati. U haqida fikringiz qanday?

Messi: U menga juda yoqadi, men unga imkon qadar yordam beryapman. U ajoyib o'yinchi va unda muvafaqqiyatga erishish uchun hamma narsa yetarli. Men uning progresini o'z ko'zim bilan ko'rish niyatim bor, huddi men kabi Fatiga ham yaxshi e'tibor berishilini istayman. Unutmang, u atigi 16 yoshda. Umid qilamanki u futboldan rohatlanib o'z ustida ishlashda davom etadi.

Jurnalist: Demak, siz Ronaldinho va Raykaardning sizga bo'lgan e'tiborini tushundingizmi?

Messi: Albatta, nafaqat Ronaldinho va Raykaard, balki butun jamoa menga katta yordam berishgan, ayniqsa men tarkibdan joy olmay hafa bo'lgan paytim Raykaard menga taskin bergan. Katta bo'lgach bu qanchalik to'g'ri ekanligini anglab yetdim, hammasi uchun Raykaardga katta rahmat

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
2019-11-09 20:58:47
Salomalekum hammaga
#2 JONIK
2019-10-11 17:05:21
Salom qondoy
2019-10-01 10:50:34
Nega sayt sust