Уйда қолинг! / Оставайтесь дома! Uyda qoling! / Stay home! Уйда қолинг! / Оставайтесь дома! Uyda qoling! / Stay home!
Alabani sotib olishimiz mumkin, ammo...

«Barselona» klubi «Bavariya» himoyachisi David Аlaba xizmatiga qiziqish bildirmoqda.

27 yoshli futbolchining myunxenliklar bilan imzolagan shartnomasi muddati 2021-yil yozida nihoyasiga yetadi.

«Bavariya» mavsum oxirida futbolchini sotib yuborishi ehtimoli bor. Аks holda u 1 yildan soʼng erkin agentga aylanib, istagan klubiga bepul oʼtishi mumkin boʼladi.

"Sport.es" xabariga koʼra, avstriyalikning vakillari kataloniyaliklar bilan transferni bir necha marta muhokama qilishgan. Biroq, «Barselona» yiliga 8 mln yevro oladigan Аlabaning maoshini koʼtara olmaydi. Uning transferiga aynan shu sabab toʼsqinlik qilishi mumkin.

 

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak
#2 holand
2020-03-22 20:37:00
Koronovirus baxona suariz safga qaytadigan buldi
#1 holand
2020-03-22 19:00:01
Alaba ziyon qimeydi oliw kerag