Hosep Kapdevilya: "Fatiga nisbatan nohaq fikrlar hukm surmoqda."

Kataloniyalik jurnalist Hosep Kapdevilya Breytveyt va Ansu Fati haqida bildirilayotgan qarama-qarshiliklar haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi:

U oʻzining tvitter sahifasida shunday yozadi:

"Breytveyt gol urgan zahoti hamma "Barsa"ning muammolariga javob topildi deb hisoblamoqda. Vaholanki, Ansu Fati ham allaqachon toʻrtta golni urib qoʻygan. Uning kelajagiga muhlislar tugul, murabbiyning oʻzi ham ishonmaydi."

Oxirgi oʻynalgan beshta oʻyinda Ansu uchun hisobni ochishga 17 daqiqa kerak boʻldi, xolos. Breytvey esa bu ishni bajarish uchun 218 daqiqa sarfladi.

Ayni paytgacha, "Barsa"ning asosiy jamoasida 1012 daqiqa oʻynashga erishgan Fati 5 ta gol urib va 1 ta assistni amalga oshirdi. O'rtacha unumdorlik - 169 daqiqada 1 ta foydali koeffitsient.

Braitveyt esa maydonda 218 daqiqa oʻynab 1 ta golga mualliflik qildi. Bugun Setien Grizmanni maydondagi baxsga sabab boʻlmaydigan asosiy oʻyinchi deya eʻtirof etdi. Buning sababi aniq. Ikkita 29 yoshli talantli va oʻyin amaliyotga muhtoj boʻlgan oʻyinchilar oldida 19 yoshli iqtidor egasining mehnati biroz soyada qolishi ham hech gap emas. Voqealarni kuzamatiz. 

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak