Luis Suarezning shartnomasida "Real Madrid" borasida alohida band bor edi

Luis Suarez rasman "Barcelona"ni tark etdi va "Atletico" bilan shartnoma imzoladi.

Kataloniyaning ESPN nashri xabariga ko'ra, Diego Simeoning klubi, Luis Suarez hech qanday yuridik savollarsiz tekinga ketishi mumkin bo'lgan klublardan biri edi. 

Nashrning yozishicha, 33 yoshli futbolchining "Barca" bilan imzolagan shartnomasiga ko'ra, "Manchester United", "Real Madrid", "Manchester City" va "PSG" klublariga tekinga ketishi mumkin emas edi. 

Shunday bo'lishiga qaramay, yuqoridagi klublarning hech qaysi biri yoshi va jismoniy holati tufayli, Urugvaylikka qiziqish bildirishmagan. Shuningdek, ba'zi OAVlar urugvaylikni APLga o'tishi mumkinligini inkor etmagan edi.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak