Ronald Koeman Riqui Puigning asosiy tarkibga kirmagani, Suarezning ketishi va yangi transferlar haqida gapirib o'tdi.

Barcelona bosh murabbiyi Ronald Koeman Villarealga qarshi uchrashuv oldidan intervyu berib o'tdi:

Ronald Koeman: More than a Manager for More than a Club -Sportszion

"Villareal" allaqachon ikkita o'yin o'tkazgan, demak, ularning ustunligi bormi? Balki. Ammo biz yaxshi futbol ko'rsatishga tayyormiz."
 
«Men, ayni paytda, bor e'tiborimni tarkibdagi futbolchilarga qaratganman. Transfer oynasi hali yopilmagan: kimdir ketishi mumkin, kimdir esa kelishi. Biroq bor e'tiborim ertangi o'yinga qaratilgan."

«Messining xafa bo'lishi mutlaqo normal holat, chunki uning yaqin do'sti klubni tark etdi. Ammo men Lionelga shubham yo'q. Uning katta ishtiyoq bilan mashg'ulot o'tkazayotganini ko'ryapman ".
 
Lautaro yoki Depay? Men hech narsani istisno qilmayman. Aytib o'tganimdek, bor e'tiborimni qo'limda bo'lgan futbolchilarga qaratganman. Ammo, biz har doim jamoani kuchaytirishga tayyor bo'lishimiz kerak. "

“Suarez? Ko'p odamlar meni bu vaziyatda yomon odam deb bilishadi, lekin men bunday deb o'ylamayman. Bu klubning qarori edi. Men Luisni juda hurmat qilaman va unga Atleticoda eng yaxshi tilaklarimni tilayman ".
 
"Puig klub qaroriga ko'ra "Barca B" futbolchisi bo'lib qoladi. Biroq, men unga ishonaman. Riqui ertangi o'yin uchun qaydnomaga kiritiladi"
 
“Yosh futbolchilarga o'yin amaliyoti kerak. Agar Puig yoki Alena qolsa, bu ularning qaroridir. Ular o'zlarini isbotlash imkoniyatiga ega bo'ladilar"
 
"Fati muhim o'yinchi va u juda katta iste'dodga ega. Ansu yosh, u o'rganishi kerak bo'lgan narsalar mavjud, u kelajak futbolchisi. Bunday yoshligida u Barcaning asosiy tarkibida o'ynay olgani juda ta'sirli. Bu juda ko'p narsani anglatadi."
 
"Bizda juda yaxshi hujumchilar bor, ammo hech kim ketma-ket uchta uchrashuv o'tkazolmaydi. Bizda yuqori sifatli tarkib bor: hamma o'ynay oladi."
 
«Himoyamizni yaxshilashimiz kerak. Bundan tashqari, biz yangi sxema bo'yicha o'ynaymiz, yuqori bosim o'tkazamiz va bu juda tub o'zgarishlar. Bizga vaqt kerak."
 
«Coutinho o'nlikda ham, chap qanotda ham o'ynay oladi. U himoyada qatnashishni va jamoaga yordam berishni yaxshi ko'radi. Philippe  sifatli o'yinchi. Umid qilamanki bu mavsumda u o'zini namoyon qiladi. "
 
«Biz jamoamizni yaxshilay oladigan o'yinchilarni qidirmoqdamiz. Ammo biz klubning moliyaviy holatini hisobga olishimiz kerak. Mumkin bo'lgan transferlardan qat'i nazar, biz ushbu mavsumda muvaffaqiyat qozonishga harakat qilamiz. "
 
«Ter Stegenning tiklanish jarayoni davom etmoqda. Men bunga qancha vaqt ketishini bilmayman, ehtimol yana bir necha hafta. Men Neto va yosh darvozabonlarimizdan juda mamnunman."

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak