Ronald Koeman "Sevilla"ga qarshi o'yin oldidan intervyu berdi

Ronald Koeman wants Liverpool midfielder at Barcelona, Man United interested in Juventus duo and more - LigaLIVE

"Barcelona" bosh murabbiyi Ronald Koeman klubdagi kamchiliklar, Sergino Dest va Dembelening ketishi haqida gapirdi.

"Dembele - "Barcelona" futbolchisi, uning kelajagi o'ziga bog'liq. Bu haqda u bilan gaplashib ko'rmadim. Ko'ramiz, transfer oynasi yakuniga ikki kun qoldi.

To'g'ri, biz Eric Garciani klubda ko'rishni xohlaymiz. Men Pepning u haqidagi fikrlarini ko'rdim va u to'g'ri aytgan. Umid qilamanki, biz uni olib kelamiz, moliyaviy tomondan vaziyat qiyinligini ham tushunib turibmiz. Qiziqish bor, lekin aniq bir nima deya olmayman.

Menimcha, biz juda yaxshi ishlayapmiz va buni hamma payqayapti. O'zimizga bo'lgan ishonchimiz yuqori

Ertangi o'yinga chaqira olish uchun Destni ro'yhatdan o'tishini kutamiz. Hujjatlar borasidagi ishlar davom etmoqda, ular vaqtida bajariladi deb umid qilamiz."

Depayga keladigan bo'lsak, jamoani to'ldirish kerak bo'lgan ikkita pozitsiya bor, uni imzolash bizga foyda keltiradi. Bizga markaziy himoyachi va markaziy hujumchi kerak. Hujum chizig'imizda yetarli raqobat mavjud, ammo hali ko'p o'yin o'tkazish kerak.

Ansu dastlabki ikkita o'yinni ajoyib o'tkazdi. Agar qaysidir o'yinchi nimadandir norozi bo'lsa men bilan gaplashishi mumkin. Ammo Ousmane menga hech narsa demadi. Agar u qolsa, men unga ishonaman va unga o'yin amaliyotini beraman", - dedi Koeman o'yindan oldingi matbuot anjumanida.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak