Depay va Auar hech qayerga ketmaydi!

Lyon urges Barça for Depay – Archyde

Memphis Depay va Ussem Auar ushbu transfer oynasida "Lion"dan ketmaydi, deya xabar bermoqda RMC Sport.

Kecha, futbolchini sotib olish borasida fransuz klubi tomonidan qo'yilgan so'ngi sana yakuniga yetdi.

Dastlab, dedlayn 2-oktabrga qo'yilgan edi, biroq "Lion", yangi yarim himoyachisi Lucas Paquetani tanishtirish uchun tayyorgarlik o'tkazgani tufayli, so'ngi sanani biroz kechiktirgan edi.

Biroq, "Barcelona" qiziqishlari doirasida bo'lgan Depay va "Juventus", "Arsenal" sotib olishni rejalashtirgan Auar transferi borasida hech qanday kelishuv amalga oshmagani tufayli, "Lion" ushbu ikki futbolchi transferi borasidagi muzokaralarni to'htatdi.

Fransiyada, transfer oynasi 5-oktabrdan rasman yakuniga yetadi.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak