Kalinichenko: Messi "Atletico"ga qarshi o'yinda o'zini ko'rsatishi kerak

"Spartak" klubining va Ukraina termas jamoasining sobiq yarim himoyachisi Maksim Kalinichenko bugungi "Atletico" va "Barcelona" o'yiniga o'z tahminini bildirib o'tdi.

— Ikki jamoaning ham hozir o'ziga yarasha muammolari bor. "Atletico" tarkibida masalan Luis Suarez o'ynay olmaydi. Urugvaylik futbolchi koronavirusga chalingan. Ko'plar uning sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushishini hohlashgan edi. Catalonialiklarning tarkibida ham o'ziga yarasha yo'qotishlar bor. Masalan, Fati. U juda ham faol o'ynayotgan edi, jamoaning o'yiniga kreativlik olib kirayotgan edi. Lekin, men oldin ham buni takrorlaganman, Messi hozir jangovor holatda.

Ohirgi turlarda "Barcelona" turnir jadvalidagi o'rnini ancha yaxshilab oldi. Ular o'rta pog'onadan ko'tarilib olishdi. Kumanning shogirdlarini yetakchi o'rinlardan faqatgina bir necha g'alabalar ajratib turibdi halos. "Atletico" esa hozir ajoyib o'rinda ketmoqda. Madridliklar uchinchi o'rinda borishmoqda, ular "Sosedad" va "Villarreal" jamoasidan biroz ortda qolishmoqda. 

Har ikkala jamoa chempionatdan tashqari chempionlar ligasida ham ishtirok etishmoqda. Har ikkala jamoa u yerda omadli yurishni amalga oshirmoqda. Kuman va Simeone oldida bugungi o'yin uchun optimal tarkib tanlashdek vazifa turibdi. Chunki ularning oldida ancha muhim o'yinlar kutib turibdi.

Menimcha bugun har ikkala jamoa murabbiylari asosiy tarkib futbolchilarining barini tushirishmaydi. Ayniqsa har ikkala jamoa zaxirasi ajoyib ko'rinishda.

Bugungi raqiblar bir biriga teng ketishmoqda. Shunday ekan bugungi o'yin individual mahorat evaziga hal bo'lishi mumkin. Bu nuqtai nazardan olib qarasak, bu o'yinda "Barcelona"ning imkoni yuqoriroq, Fati jaroxat olgan, Leo bugungi o'yinda o'zini ko'rsatishi kerak. — dedi Kalinichenko.

www.fcb.uz

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak