Messi - ESPN talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi hujumchisi, Klopp - eng yaxshi murabbiy

"Barselona" sardori Lionel Messi ESPNning 2020 yildagi eng yaxshi hujumchilari ro'yxatida birinchi o'rinni egalladi. Yilning eng yaxshi 100 futbolchisining mavqei bo'yicha reytingi kanal veb-saytida e'lon qilindi.

Eng yaxshi hujumchilar reytingida Messidan keyin "PSJ" dan Kilian Mbappe joylashgan. "Yuventus" futbolchisi Krishtianu Ronaldu esa uchinchi o‘rinda.

Shuningdek, kuchli 10talikka Neymar (PSJ), Muhammad Salah ("Liverpul"), Pyer-Emerik Obameyang ("Arsenal"), Son Xyon Min ("Tottenxem"), Paulo Dybala ("Yuventus"), Markus Rashford kirdi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi Yurgen Klopp ("Liverpul") deb topildi. Xans-Diter Flik ("Bavariya") va Xosep Gvardiola ("Manchester Siti") ham ro‘yxatda. Ularning ortida Jan Piero Gasperini ("Atalanta"), Yulian Nagelsman ("Leyptsig"), Marselo Bielsa ("Lids"), Diego Simeone ("Atletiko"), Xulen Lopetegi ("Sevilya"), Zinedin Zidan ("Real") bor.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak