"Barcelona" 2020-yildan boshlab uch murabbiy uchun oylik maoshdan tashqari qancha pul sarfladi ?


"Barcelona" jamoasi 2020-yildan buyon shu kunga qadar klubga 3 ta murabbiyni taklif qilishga ulgurdi. "Cadena SER" nashriga Sigu Rodriguezning xabar berishicha jamoa shu uchchala murabbiy uchun oylik maoshidan tashqari 20 mln evro sarflashga ulgurdi.

Birinchilardan Ernesto Valverde mavsum o'rtasida jamoani tark etdi, bu esa jamoaga 11 mln evroga tushdi, bu hodisa deyarli bir yil ilgari sodir bo'ldi. 

Ikkinchi bo'lib jamoa Qique Setienga avgustda ishdan bo'shatilgani uchun 4 mln evro to'ladi, lekin jamoa bu summani tushirish umidida. 

Va nihoyat jamoa Ronald Koemanni jamoaga qiziqtirish uchun 5 mln evro atrofida sarf qildi. O'sha vaqt murabbiyning Gollandiya termasi bilan shartnomasi mavjud edi. 

Jamoa 2019-yilning may oyidan beri bironta ham sovrin yuta olgani yo'q, ular o'sha yili LaLigani yutishgan edi halos.

www.fcb.uz
 

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak