Rakitic «BarçaGate» haqida: Biz bu yerga futbol o'ynash uchun yeg'ilganmiz...


"Barcelona" jamoasining sobiq futbolchisi hozirda "Sevilla" tarkibida o'ynayotgan yarim himoyachi Ivan Rakitic hozirda «BarçaGate» nomini olgan ish haqida gapirdi.

— Bularning barini kuzatish va bu haqida eshitish juda ham achinarli. "Barcelona"da qolgan hamma narsalar mening qalbimda, men jamoa bu vaziyatdan tezroq chiqib olib, yana muhlislari uchun o'z eshiklarini ochishini muhlislari esa bu o'yinlardan oldingi kabi rohatlanishlarini hohlayman. 

Men har doim buni takidlayman, biz bor yo'g'i futbolchilarmiz. Biz bu yerga faqatgina futbol o'ynash uchun yeg'ilganmiz. Yaxshi damlarda ham yomon damlarda ham biz o'yinga bor e'tiborimizni qaratishimiz kerak. "Barcelona"nikidek tajribali yechinish honasi vakillari esa maydondan tashqaridagi bu narsalarni yengib o'tishni ko'chadagi narsani maydon tashqarisida qanday qoldirishni yaxshi biladilar. Bu juda zarur.

Biz o'yinga tayyor jamoa bilan to'qnash kelishimizni bilamiz. Ular vaziyatni yaxshi tomonga o'nglashga harakat qilishadi.— dedi Rakitic.

Oldinroq "Barcelona" ofisini politsiya hodimlari tintuv qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu operatsiya klubda 2020-yining fevral oyidan boshlangan edi, bu jarayon «BarçaGate» nomi bilan mashxur bo'lgan edi.

Usha vaqtlarda "Barcelona" hamkorlik qilayotgan 13 Ventures nomli kompaniya Bartomening ijtimoiy tarmoqlardagi qo'llab quvvatlovchi imidjini ustida ish olib borgan. Turli xil akkauntlar orqali Bartomeoni qo'llab quvvatlovchi postlar, futbolchilar tomonga tanqidiy gaplar, shu qatorda jamoa xujumchisi Lionel Messi, himoyachi Gerard Pique va boshqa futbolchilar tomon qo'llanilgan edi.

Bartomeo bu ishlarda uning qo'li yo'q ekanligini ta'kidlagan, kompaniya esa futbolchilar tomon bunday tajovuzlarni tan olmagan. Raxbariyatning ayrim a'zolari esa bu xabarlardan so'ng nafaqaga chiqishgan.

www.fcb.uz

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak