Pjanic: "Koeman o'zimga bo'lgan ishonchni o'ldirdi. U "Barca"da qolsa, boshqa klub izlashimni bilar edim"

"Barcelona" sobiq futbolchisi, hozirda "Beshiktosh" klubida ijarada o'ynayotgan Miralem Pjanic Kataloniya klubidagi xotiralarini eslab o'tdi.

– Jurnalist: 8:2, murabbiy o'zgargani, Messining ketishi haqidagi byurofaksi... Siz qayerga ketayotganingizni tushunganmidingiz?

– "Barcelona" qiyin davrni boshidan kechirayotgan edi. Klub ko'p qiyinchiliklarga duch keldi. Shubhasiz, hamma Chempionlar Ligasidan chiqib ketgani uchun qayg'uda edi, futbolchiga katta bosim bo'lgan payt edi. "Barca" - har doim g'alaba qozonishni xohlaydigan klub.

Men "Barca"ga o'tganimda, mahoratli futbolchilarni birlashtirgan jamoani ko'rdim. Bu jamoa La Ligani yutishi mumkin edi, lekin bunday bo'lmadi. Men aniq sabablarni aytmayman, lekin bu tarkib ko'proq yutuqlarga erishishi mumkin edi, klubdagi o'yinchilarning mahorati yuqori.

Ko'chib o'tganimda vaziyat qiyin edi, chunki koronavirus tufayli men ikki haftadan so'ng jamoaga qo'shildim. Va jamoaga yangi murabbiy keldi.

Ammo mening ahvolim boshidanoq murakkab edi. Men ikki haftalik ta'tildan so'ng klubga keldim, jamoadoshlarimga qo'shilish uchun o'zim mashg'ulotlarni boshladim, ammo hech narsa bo'lmadi. Ikki, uch, to'rt, yetti, o'n kun o'tdi va murabbiy hech qachon men bilan mavsum haqida, mening rejalarim haqida gaplashmadi. Juda g'alati edi, okey.

Bu faqat boshlanishi edi. Okey, tinchlandik, men o'z ustimda ishladim, jamoadan joy olish uchun kurashmoqchi edim. Ammo hech narsa o'zgarmadi. Vaqt o'tyapti. Men bitta o'yinga tushaman, boshqasini o'tkazib yuboraman, keyin yana zahiradan tushaman, keyin yana zaxiraga o'tiraman. Menda hammasi joyida edi.

Albatta, men ko'proq narsani xohlardim. Men jamoaga ko'p narsani bermoqchi edim. Men har doim maksimal maqsadlarga erishishni va iloji boricha ko'proq natija berishni xohlayman. Men qanchalik kam o'ynasam, shunchalik qiyinlashib borar edi.

Kuman o'zimga bo'lgan ishonchni o'ldirdi, chunki biz u bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilmadik. Bu juda g'alati, u to'g'ridan-to'g'ri asosiy tarkibni aytib qo'yar edi, men unday qiladigan boshqa murabbiyni bilmayman . Jamoada munosabatlarni o'rnatishning boshqa usullari mavjud. Jamoa ichida munosabatlarni qurish uchun boshqa usullar ham bor edi.

Men hamma narsani qabul qila olaman, lekin har doim men bilan to'g'ridan-to'g'ri gaplashishlarini xohlayman. Huddi hech narsa bo'lmaganidek, 15 yoshli bola bilan aloqa qilganlaridek bo'lishini istamayman. Men oxirigacha kurashdim, o'zimni professional tarzda tutdim, doim yaxshi ishladim. Agar Koeman klubda qolsa, yangi jamoa izlashim kerakligini bilardim, - dedi Pjanic.

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak