"Barcelona" Gvardiolani klubga qaytarmoqchi

"Barcelona" prezidenti - Joan Laporta "Manchester City" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani jamoaga qaytarib olmoqchi.

"Barcelona" hozirgi murabbiyi Ronald Koemanni iste'foga chiqarishi haqida doimiy mish-mishlar tarqalmoqda. Bu ma'lumotni ESPN tasdiqlaydi, Kataloniya klubi allaqachon gollandiyalikka o'rinbosar qidirmoqda. Gvardiola 2008-yildan 2012-yilgacha klubga katta muvaffaqiyatlar keltirib , futbol tarixidagi eng yaxshi jamoalaridan birini tuzgan. Gvardiolani qaytarish uchun Laporta "hamma narsani qilyapti".

Gvardiolaning "Man City" bilan shartnomasi 2023-yilda tugaydi, ammo yaqinda Gvardiolaning klub muxlislari bilan "Etihad" maydoniga kam odam kirayotgani borasidagi mojarosi uning "Barcelona" ga tezroq qaytishini ta'minlab berishi mumkin.

Manba:Sports ru

Yana yangiliklar:

Fikr bildirish uchun ro'yhatdan o'tish yoki profildan kirish kerak